Pulkitob
Kirish

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 16.10.2026

1Biz kimmiz

Pulkitob (Pulkitob Business ilovasi va business.pulkitob.uz veb-ilovasi) xizmatini YaTT Abdumannopov Muhammadyunusxon taqdim etadi. Aloqa: pulkitob@gmail.com.

2Qaysi maʼlumotlarni yigʻamiz

  • Akkaunt: email, ism, kirish usuli (email kodi, Telegram, Google), Telegram foydalanuvchi ID, profil rasmi (agar koʻrsatilsa).
  • Siz kiritgan moliyaviy va biznes yozuvlari: hisoblar, tranzaksiyalar, kategoriyalar, tovarlar, ombor harakatlari, import buyurtmalari, soliq va zakot hisoblari, hisobotlar.
  • Fayllar: tovar rasmlari, toʻlov cheki skrinshotlari (obuna toʻlovi uchun).
  • Marketpleys (Uzum) ulanishi: siz bergan API kalit/token, doʻkonlar, buyurtmalar, sotuvlar va taʼminot maʼlumotlari. Token xavfsiz saqlanadi va faqat sizning maʼlumotlaringizni olish uchun ishlatiladi.
  • AI yordamchi (ixtiyoriy): siz oʻz Claude (Anthropic) kalitingizni kiritsangiz, kalit shifrlangan holda saqlanadi, qayta koʻrsatilmaydi. Yordamchiga yozgan savollaringiz va shu savolga javob berish uchun kerak boʻlgan hisob maʼlumotlari Anthropic xizmatiga yuboriladi.
  • Qurilma va texnik maʼlumot: ilova versiyasi, qurilma turi, xato (crash) hisobotlari, kirish vaqti. Kamera faqat shtrix-kod/QR skanerlash uchun ishlatiladi, rasm saqlanmaydi (siz oʻzingiz rasm yuklamasangiz).
  • Biz yigʻMAYMIZ: joylashuv, kontaktlar, mikrofon, reklama identifikatorlari.

3Nima uchun ishlatamiz

Xizmatni koʻrsatish (hisob-kitob, sinxronizatsiya, hisobotlar), kirishni tasdiqlash, obuna toʻlovlarini tasdiqlash, xavfsizlik va xatolarni tuzatish. Maʼlumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz.

4Kimlar bilan boʻlishamiz (xizmat koʻrsatuvchilar)

XizmatNima uchunJoylashuv
SupabaseMaʼlumotlar bazasi, kirish, fayllarYevropa (Frankfurt)
Server (API)Ilova serveriGermaniya
VercelVeb-ilova hostingAQSh/Yevropa
SentryXato hisobotlariXalqaro
ResendKirish kodi emaillariAQSh
AnthropicAI yordamchi (faqat siz yoqsangiz)AQSh
UzumSiz ulagan doʻkon maʼlumotlariOʻzbekiston

Qonun talab qilgan hollardan tashqari maʼlumotlaringiz boshqa uchinchi shaxslarga berilmaydi.

5Qancha saqlaymiz

Akkaunt mavjud ekan. Akkauntni oʻchirsangiz, maʼlumotlaringiz serverdan oʻchiriladi. Zaxira nusxalardan ham ular bir necha hafta ichida butunlay yoʻqoladi.

6Sizning huquqlaringiz

Maʼlumotlaringizni koʻrish, tuzatish, koʻchirib olish (eksport) va oʻchirish. Akkauntni oʻchirish: ilovada Profil > Akkaunt > Akkauntni oʻchirish. Ilovaga kira olmasangiz: pulkitob@gmail.com ga yozing, iloji boricha tez javob beramiz.

7Xavfsizlik

Maʼlumotlar uzatishda shifrlanadi (HTTPS). Maʼlumotlar bazasida har foydalanuvchi faqat oʻz maʼlumotini koʻradi (qator darajasidagi himoya). Mahalliy baza qurilmada saqlanadi; ilovaga PIN yoki biometrik qulf qoʻyish mumkin.

8Bolalar

Xizmat 18 yoshdan kichiklar uchun moʻljallanmagan.

9Oʻzgarishlar

Siyosat oʻzgarsa, shu sahifada yangilanadi va yuqoridagi sana oʻzgaradi. Muhim oʻzgarishlar ilova ichida xabar qilinadi.

10Aloqa

pulkitob@gmail.com