Uy pulining daftari
Daromad va xarajatni oila boʻlib yozib boring. Kim, qachon, qancha va nimaga sarfladi: hammasi bitta joyda, bitta hisobda.
Kartani ulash shart emas. Brauzerda ochiladi.
- Oziq-ovqat Ona · 21:14 −420 000
- Oylik Ota · 09:02 +9 800 000
- Transport Ota · 08:40 −85 000
- Dam olish Farzand · 19:25 −60 000
Yozish daftardagidek oddiy
Xarajatni yozib qoʻyish uchun hisobot ochish, jadval tuzish yoki formula yozish kerak emas.
-
Summa, kategoriya, izoh
Bitta forma: qancha, daromadmi yoki xarajatmi, qaysi kategoriya, kim va qanday izoh bilan. Sana bugungisiga oʻzi qoʻyiladi.
-
Kategoriyalar oʻzingizniki
Oziq-ovqat, transport, ijara, salomatlik: tayyor roʻyxat bor, lekin har biriga oʻz ikonkangiz va rangingizni qoʻyib, yangisini qoʻshasiz.
-
Qidiruv va tarix
"Oʻtgan oy dorixonaga qancha ketdi?" degan savolga javob bir qidiruvda chiqadi. Hamma yozuv joyida turadi.
Oilada kim qancha sarfladi
Har bir yozuv oila aʼzosiga biriktiriladi. Butun oilaning umumiy hisobini ham, bitta aʼzoning xarajatini ham alohida koʻrasiz.
- Oila rejimini yoqsangiz umumiy balans, oʻchirsangiz faqat oʻzingizniki.
- Aʼzolar soni cheklanmagan: ota-ona, farzandlar, kim kerak boʻlsa.
- Analitika ham aʼzo boʻyicha filtrlanadi, hisob-kitob aniq boʻladi.
Pul qayerga ketgani koʻrinib turadi
Yozuvlar toʻplangan sari rasm oydinlashadi: qaysi kategoriya koʻp yeydi, qaysi oyda tejalgan.
Kategoriya boʻyicha xarajat
- Oziq-ovqat34%
- Ijara22%
- Transport18%
- Xarid12%
- Salomatlik8%
- Dam olish6%
Vaqt boʻyicha pul oqimi
Oʻz tilingizda, oʻz valyutangizda
Interfeys tili va hisob valyutasi sozlamalarda bir bosishda almashadi.
Til
- Oʻzbekcha uz
- Русский ru
- English en
Valyuta
- UZS Oʻzbek soʻmi
- USD AQSH dollari
- RUB Rossiya rubli
- EUR Yevro
Qurilma
- Telefon brauzerda
- Planshet brauzerda
- Kompyuter brauzerda
Tovar bilan ishlasangiz, boshqa daftar kerak
Oila byudjeti bilan ombor hisobi bir daftarga sigʻmaydi. Savdogarlar va biznes egalari uchun alohida ilova bor: tannarx, qoldiq, import va marketpleys bir joyda.
business.pulkitob.uz ga oʻtish- Ombor Variantlar, paketlar, tannarx va qoldiq qiymati
- Import 1688 va Pinduoduo buyurtmalari, iPost / MK Express / Ali Cargo trek raqami boʻyicha kuzatuv
- Uzum Sotuvlar, taʼminot fakturalari, qoldiq va brak monitoringi
- Hisobot Kapital va foyda, UZS / USD / CNY boʻyicha
Birinchi yozuvni bugun qiling
Ochish bir daqiqa. Oy oxirida pul qayerga ketgani birinchi marta aniq koʻrinadi.